Mehr karvoni

17.03.2025 / 46

Yunusobod tumanidagi "Billur" mahalla fuqarolar yig‘ini binosida Ramazon oyi munosabati bilan xayriya tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda “INKLYUZIV HAYOT” uyushmasi, O‘zLiDeP tuman Kengashi, “Nuroniy” jamg‘armasi va Respublika mahalla xayriya fondi hamkorligida 50 nafar nogironligi bor fuqarolarga oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.

Tadbir doirasida aholi muammolari eshitilib, samimiy suhbatlar o‘tkazildi. Mahalla ahli mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga, ijtimoiy himoya va ko‘makka doir ezgu ishlarga o‘z minnatdorliklarini izhor qilib, yurt tinchligi va farovonligi yo‘lida duo-fotixa qildilar.

Mazkur xayrli tadbir aholi o‘rtasida saxovat, insoniylik, hamjihatlik va bag‘rikenglik tamoyillarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Powered by GSpeech