MEHNATIDAN BAXT TOPGAN AYOl

01.10.2024 / 225

MEHNATIDAN BAXT TOPGAN AYOL

Mamlakat  Kamolovani Yunusobodliklar yaxshi biladi. U 1938 yil 4 fevralda tug‘ilgan. Qahramonimiz tumanida turli sohalarda faoliyat yuritib, mehnati bilan jamiyat rivojiga hissa qo‘shgan onaxonlardan biri.

Hozirda u tumandagi Buyuk Turon MFYda yashaydi. Mamlakat opa uzoq yillar Yunusobod tumanning birinchi rahbari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. Ko‘p qiyinchiliklarni boshidan o‘tkazgan.Uning o‘tkir nigohidan hali ham rahbarlik shijoati so‘nmaganligini anglaysiz

Yunusobod tumani hokimi o‘rinbosari D.Muhsimova, 1-oktyabr “O‘qituvchi va murabbiylar” kuni bilan tabriklash maqsadida Mamlakat ayaning xonadoniga bordi.

Suhbat qiziganda-qizib, o‘tgan davr yodga olindi. Suhbat turli mavzularga ko‘chdi.Bugungi kundagi bunyodkorliklar, tinchlik va shukronalik, tumandagi yutuq va zafarlar, ishdagi jarayonlar suhbat mavzusiga aylandi.

Onaxonning gap-so‘zlari tetik. U o‘ziga xos soddalik hamda kamtarlik bilan minnatdorchilik bildirdi.

Powered by GSpeech