MEHNAT YARMARKADA ISH O‘RINLARI TAKLIF QILINDI

20.09.2024 / 211

   Yunusobod tumani hokimligi, tuman Kambag‘allikni qisqartirish  va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tashabbusi bilan tuman prokuraturasi va tuman IIB bilan hamkorligida Toshkent kreativ texnologiyalari markazida mehnat yarmarkasi o‘tkazildi. Unda Yunusobod tumanidagi “Аyollar daftari” va “Yoshlar daftari” ga kiritilgan, jazoni ijro etish muassasasidan ozod etilgan hamda ishsiz fuqarolar ishtirok etdi. Mehnat yarmarkasida 40 ga yaqin korxonalar o‘zlaridagi mavjud bo‘lgan 1000 dan ortiq ish o‘rinlari bilan qatnashdi.

   Mazkur tadbirda 100 nafardan ziyod fuqarolar ishtirok, etib, ularning 24 nafari ishga joylashtirildi, kasb-hunarga o‘qish istagida bo‘lgan 12 nafar fuqarolar o‘quv kurslariga yo‘llanma oldi.

Powered by GSpeech