MEHNAT ORTIDAGI MUKOFOT
Toifalangan ob’yektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligida Konstitutsiya qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda tashkilot vakillari, ofiserlar, serjantlar, professorlar va faol yoshlar ishtirok etdi. Tadbir avvalida O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi.
Tadbirda Qo‘mondon polkovnik Jur’at Yakubov so‘zga chiqib, Mudofa vazirining tabrigini o‘qib eshittirdi.
Eng quvonarlisi shundaki, mahalladagi otaliqqa olingan oilalar bilan yelkadosh bo‘lib ishlagan Yunusobod tumani "Sobirobod" mahallasi hokim yordamchisi Shavkat Kurbanbayev va Yoshlar yetakchisi Asrorbek Atakulovlar, O‘zbekiston “VETERAN” jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasining "Yoshlarni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash uchun" medali bilan taqdirladi.
Tadbir so‘ngida san’atkorlar tomondan ijro etilgan kuy va qo‘shiqlar barchaga birdek manzur keldi.
O'zbekcha
Русский
English