MAVSUMGA TAYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
Prezident Administratsiyasi vakili, Bosh prokuror o‘rinbosari I.M.Adxamov, Toshkent shahar prokurori o‘rinbosari U.T.Mamarajabov, Yunusobod tumani prokurori Ya.A.Abdurahmonov va mutasaddi tashkilot ma’sullari bilan birgalikda "Uvaysiy" mahallasida kuz-qish mavsumida kommunal xizmatlar xavfsiz va o‘zliksiz yetkazib berilishini ta’minlanish masalalarini o‘rgandi.
O‘rganish mobaynida mahalladagi ijtimoiy ob’yektlarda favqulodda vaziyatlarning oldini olish jarayonlarida aniqlangan muomolarni bartaraf etish choralari ham ko‘zdan kechirildi.
Mas’ullar bilan muloqotda ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatib kelayotgan boshqaruv servis kompaniyalari uylarning yer to‘la qismlaridagi isitish tizimlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o‘rganib chiqish, dispetcherlik va avariya hamda ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.
O'zbekcha
Русский
English