MARKAZIY KO‘CHALARDA NOQONUNIY REKLAMA BARTARAF QILINMOQDA

15.01.2025 / 186

   Yunusobod tumani hokimligi, tuman IIB, tuman soliq inspeksiyasi, tuman majburiy ijro byurosi tomonidan markaziy va shox ko‘chalar, ijtimoiy ob’yektlar hududlarida joylashtirilgan noqonuniy tashqi reklamalar o‘rganilib, bartaraf qilinmoqda.

   Xususan, tumandagi Toshkent xalqa avtomobil yo‘lidagi noqonuniy reklama bannerlari olib tashlanmoqda. Tumandagi markaziy ko‘chalardagi elektr ustunlari, istirohat bog‘lari, ziyoratgohlar atrofi, daraxtlar, metro bekatlariga kirish joylarida tartibsiz, noqonuniy joylashtirishtirilgan reklama bannerlarini bartaraf qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

   Reyd mobaynida o‘zboshimchalik bilan o‘rnatilgan temir konstruksiyali reklama bannerlari belgilangan tartibda o‘rganib chiqilib, qonuniy choralar ko‘rilmoqda.

Powered by GSpeech