Markaziy bank mutaxassislaridan moliyaviy savodxonlik darslari

05.11.2024 / 208

Yunusobod tumani aholisiga Markaziy bank Toshkent shahar bosh boshqarmasi tomonidan “Moliyaviy savodxonlik kundalik hayotimizda” mavzusida o‘quv seminari tashkil qilindi.

Tadbirda Yunusobodliklar moliyaviy barqarorlik, moliyaviy rejalashtirish va jamg‘arma, maqsadlarni to‘g‘ri qo‘yish, moliyaviy bilimlardan maqsadli foydalanish borasidagi tushunchaga ega bo‘ldilar.

Shuningdek, yig‘ilganlar hozirgi kunda keng tarqalgan moliyaviy firibgarlikdan saqlanish choralari, kiber moliyaviy jinoyat turlari bilan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.

Savol-javob tariqasida o‘tgan tadbir yig‘ilganlar uchun qiziqarli va manfaatli bo‘ldi.

Powered by GSpeech