MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI O‘RGANILDI

01.12.2024 / 202

Yunusobod tumani Sanitariya epidemiologiya nazorat bo‘limi boshlig‘i Z.Z.Kodirov tomonidan 4-mavzeda joylashgan 91-Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borildi.

Dastlab, ta’lim tashkilotidagi oshxonada sanitar holat ko‘zdan kechirildi. Mutasaddilarga bolajonlarni taomnomada belgilangan me’yor bo‘yicha ovqatlantirish, sanitar normalarga amal qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, qish mavsumida MTT xonalarida issiqlik me’yorini ta’minlash masalasi ham o‘rganildi.

O‘rganish mobaynida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berildi.

Powered by GSpeech