Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar: Sanoat, xizmat ko‘rsatish, qurilish
Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar: Sanoat
Yunusobod tumanida 2025-yil yanvar-sentabr oylarida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 5 896,8 mlrd so‘mni tashkil etib, 2024-yilning mos davrida ishlab chiqarilgan 4 524,7 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlariga nisbatan 109,5 foizga o‘sishga erishildi hamda Toshkent shahri bo‘yicha sanoatda o‘rtacha o‘sish sur’ati (106,9 foiz)ga nisbatan 2,6 foizga yuqori ko‘rsatkichni tashkil etdi.
Ushbu davrda quyidagi tarmoqlar eng yuqori ulushni tashkil etdi:
- oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 1 264,1 mlrd so‘mni tashkil etib, jami sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi ulushi 21,4 foiz;
- poligrafiya mahsulotlarini chop etish hajmi 781,3 mlrd so‘mni tashkil etib, jamidagi ulushi 13,2 foiz.
Bugungi kunda mazkur sohada 1 069 ta sanoat korxonalari faoliyat yuritayotgan bo‘lib, 16 015 nafar xodimlar ishlab kelmoqda.
Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar: Xizmat ko‘rsatish
Yunusobod tumanida joriy yilning 9 oyligida xizmat ko‘rsatish hajmi 41 971,7 mlrd so‘mni tashkil etib, 2024-yil mos davridagi 33 458,9 mlrd so‘mlik xizmatlar hajmiga nisbatan o‘sish sur’ati 115,4 foizni tashkil etdi.
Ushbu davrda quyidagi tarmoqlar eng yuqori ulushni tashkil etdi:
- moliyaviy xizmatlar hajmi 15 408,9 mlrd so‘mni tashkil etib, jami xizmat ko‘rsatishdagi ulushi 36,7 foiz;
- savdo xizmatlari hajmi 4 773,1 mlrd so‘mni tashkil etib, jamidagi ulushi 11,4 foiz;
- transport xizmatlari hajmi 3 276,5 mlrd so‘mni tashkil etib, jamidagi ulushi 7,8 foiz.
Bugungi kunda mazkur sohada 10 513 ta korxona faoliyat yuritayotgan bo‘lib, 99 286 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar: Qurilish
Joriy yilning 9 oyligida Yunusobod tumanida 6 984,1 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, 2024-yil mos davrida ko‘rsatilgan 5 997,9 mlrd so‘mlik qurilish ishlariga nisbatan o‘sish sur’ati 107,9 foizni tashkil etdi.
Bugungi kunda mazkur sohada 823 ta qurilish tashkilotlari faoliyat yuritayotgan bo‘lib, 1 218 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
O'zbekcha
Русский
English