MAHSULOT ISHLAB CHIQARISH HAJMI VA TURI ORTMOQDA

20.01.2025 / 197

Yunusobod kichik sanoat zonasi Yunusobod tumanida joylashgan. 2017 yilda tashkil etilgan va o‘z faoliyatini sanoat va ishlab chiqarish sohalarida jadal rivojlantirishga qaratilgan. Bugungi kunda zonada asosan ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va innovasion texnologiyalar sohalaridagi korxonalar faoliyat yuritadi.

Yunusobod kichik sanoat zonasi 16 gektar maydonda joylashgan bo‘lib, yuzdan ortiq tadbirkorlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu zonada zamonaviy infratuzilma, savdo va logistika sohalariga yo‘naltirilgan loyihalar, shuningdek, texnik va innovasion ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilgan. O‘tgan yili 26 mln AQSH dollar mahsulotlar eksport qilingan.

Zonada rivojlanishga mo‘ljallangan sanoat ob’yektlari, ustaxonalar va xizmat ko‘rsatish tarmoqlari barpo etish uchun bizneslar uchun davlat tomonidan bir qator imtiyozlar ham mavjud.

Powered by GSpeech