Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish ishlari o‘rganildi

14.10.2025 / 62

Yunusobod tumani prokurori Ya.A. Abdurahmonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 3 yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–1-son qaror ijrosi doirasida “Sharq Haqiqati” mahalla yettiligi tomonidan olib borilayotgan ishlar samaradorligi bilan tanishdi.

O‘rganish jarayonida mahalla hududiga o‘rnatilgan kuzatuv kameralari va “tashvish tugmasi”ning holati, shuningdek, yo‘l xaritasi ijrosi o‘rganildi.

 Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, mazkur hududga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv-servis kompaniyasi tomonidan debitor qarzdorliklarni undirish, elektr щitlarini ta’mirlash hamda ko‘p qavatli uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ham o‘rganildi.

Powered by GSpeech