Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish holati o‘rganildi

12.05.2025 / 185

2025-yil 3-yanvarda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–1-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Yunusobod tumani prokurori Ya.A. Abdurahmonov “Mingchinor” mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Tashrif davomida mahalla hududida kuzatuv kameralarining o‘rnatilishi va ularning ishlash holati o‘rganildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ul mutasaddilarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi. Prokuror mahalla yettiligining faoliyati bilan ham tanishib, amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini baholadi.

 Tashrif doirasida jinoyatchilikning oldini olish, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida kuzatuv kameralari va "Tashvish tugmasi"ning o‘rnatilishi holati o‘rganildi. Mavjud infratuzilma, texnik vositalar va ularning samaradorligi yuzasidan tahlillar olib borildi.

 Tuman prokurori Ya.A. Abdurahmonov tomonidan aniqlangan muammolarni bartaraf etish, profilaktik tadbirlarni kuchaytirish hamda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan tegishli tavsiyalar va ko‘rsatmalar berildi.

Powered by GSpeech