Mahallalarda tibbiy ko‘rik o‘tkazilmoqda
Yunusobod tumanida "Muruvvat" hamda "M.Ulug‘bek" MFYlarda tibbiy ko‘rik o‘tkazildi. Tibbiy ko‘rik davomida aholining sog‘lig‘i holati o‘rganilib, kasalliklarni barvaqt aniqlash va oldini olish choralari ko‘rildi.
Ko‘rikda D3, D4 va "Ayollar daftari"da hisobda turgan bemorlar tekshiruvdan o‘tkazildi. Shuningdek, bemorlar zarur tibbiy xizmatlar bilan ta’minlandi. Jumladan laborator tahlillar (qon va siydik tahlillari, bioximiyaviy tahlillar va boshqalar),EKG (elektrokardiografiya),Tor mutaxassislar – kardiolog, nevropatolog va oila shifokori tomonidan tekshiruvlar o‘tkazildi.
Tekshiruv natijalariga ko‘ra, kasal deb topilgan bemorlarga ambulator davo buyurildi, zarur hollarda ular mutaxassis tavsiyalari asosida shifoxonalarga bepul davolanish uchun navbatga qo‘yildi. Shu bilan birga, aholiga sog‘lom turmush tarzi, profilaktik choralar va kasalliklarning oldini olish haqida maslahatlar berildi.
O'zbekcha
Русский
English