Mahallalarda huquqbuzarliklarning oldini olish masalasi muhokama qilindi
Toshkent shahar idoralararo muvofiqlashtirish shtabi doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi guruhining rahbari, shahar prokurorining birinchi o‘rinbosari A. Urmanov tomonidan Prezidentning 2025 yil 3 yanvarda qabul qilingan "2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-1-son qarori ijrosi Yunusobod tumani idoralararo shtabida o‘rganildi.
Yig‘ilish tanqidiy ruhda o‘tib, unda tuman va mahallalarda huquqbuzarliklarning oldini olish, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan "yo‘l xaritasi" ijrosi muhokama qilindi. Shuningdek, tuman shtabi a’zolarining o‘z vazifalarini bajarish darajasi tahlil qilinib, hududlarda ayrim toifadagi shaxslar bilan profilaktik tadbirlarni kuchaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilish yakunida mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan xodimlarga nisbatan intizomiy javobgarlik choralari qo‘llanilib, qaror ijrosini ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.
O'zbekcha
Русский
English