MAHALLALARDA EKOLOGIK BARQARORLIKNI TA’MINLASH BO‘YICHA KO‘RSATMALAR BERILDI

12.11.2024 / 162

  Yunusobod tumani hokimi B.Abduvaliyev, “Tiklanish” mahallasi binosida atrof-muhit barqarorligini ta’minlash yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. Yig‘ilishda tuman hokimi o‘rinbosarlari korxona va tashkilot rahbarlari, mahalla raislari va yettiligi ishtirok etdi.

  Hokim B.Abduvaliyev, ayni kuz mavsumida barg va xazonlar uyumining yoqilishi natijasida atmosfera havosiga is gazi, uglerod oksidi ajralib chiqib, atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatishini qayd etdi.
  Muloqot davomida daraxtlardan to‘kiladigan sarg‘aygan barglarni yerga ko‘mib qo‘yilsa, kelgusi bahor uchun foydali o‘g‘itga aylanishi aytilib, undan tashqari atmosfera havosi ifloslanishining oldini olish uchun ham omil bo‘lib xizmat qilishi ta’kidlandi. Bundan tashqari tumandagi Tiklanish, Bobodehqon, Katta Hasanboy, Hamkorobod, Uchqahramon, Hasanboy mahallalaridagi tadbirkorlik sube’ktlari hamda issiqxonalarda atmosferaga zararli gazlarni chiqarish holatlari ham uchrab turganligi qayd etildi.

   Yig‘ilishda mahalla raislari, tuman Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi, tuman Ichki ishlar organlari xodimlari, tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi mutasaddilariga muntazam ravishda mahalla yettiligi bilan reydlar o‘tkazish, aholi o‘rtasida xazonlarni yoqmaslik bo‘yicha keng ko‘lamli targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borish, huquqbuzarliklarga nisabatan qonuniy choralar ko‘rish bo‘yicha topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Powered by GSpeech