Mahallalarda aholi bandligini ta’minlash orqali ularning daromadini oshirish choralari ko‘rilmoqda
Bugun Toshkent shahrida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilab berilgan yangi tizim asosida mahallalarda aholi bandligini ta’minlash orqali ularning daromadini oshirish” mavzusida
ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tmoqda.
Seminarda Respublika idoralari rahbarlari, Toshkent shahar sektor rahbarlari, shahar hokimining o‘rinbosarlari, shahar boshqarma va tashkilotlar rahbarlari, shahar tijorat banklari rahbarlari, tuman sektor rahbarlari, tuman hokimlarining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarlari, mahallalar uyushmasining tuman bo‘limlari rahbarlari, tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari boshliqlari, tomorqa yer maydonlari mavjud bo‘lgan 46 ta mahalla raislari va hokim yordamchilari ishtirok etmoqda.
Seminar doirasida shahrimiz tumanlarida amalga oshirilayotgan yirik loyihalar, gastronomik ko‘chalar va boshqa diqqatga sazovor ish va tajribalar bilan tanishish ko‘zda tutilgan.
O'zbekcha
Русский
English