MAHALLADA SODIR ETILGAN JINOYATNING MUHOKAMASI O‘TKAZILDI
Yunusobod tumani hokimi B.Abduvaliyev, Tiklanish mahallasi binosida Oliy ta’lim muassalaridan birida tahsil olayotgan yoshlar ishtirokida sodir etilgan jinoyatni huquqni muhokaza qiluvchi organlar, mahalla raislari hamda mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda muhokama qildi. Dastlab, hokim B.Abduvaliyev jinoyatning sabab va omillari, oqibatlari tahlil qilar ekan, bundan boshqa shunday holat sodir etilmasligining oldini olish, umuman jinoyatchilikni jilovlash uchun bu borada talabalar o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borish zarurligini e’tirof etdi.
Muhokamada ushbu jinoyat tafsilotlari haqida yig‘ilganlarga batafsil ma’lumot berildi. Qayd etildiki, tumandagi Oliy ta’lim muassalaridan birida talaba yoshlar o‘zaro kelishmovchiligi oqibatida bir-biri bilan gap talashib, mushtlashib, o‘tkir tig‘li vosita bilan tan jarohatini yuzaga keltirgan. Natijada jabrlanuvchi sifatida murojaat qilgan talaba hayoti og‘ir ahvolga kelib, shifoxonada davolanmoqda. Muloqotlarda Oliy ta’lim muassasi o‘qituvchilari, mahalla yettiligi ham yoshlarning yurish turishiga befarq bo‘lganligi e’tirof etildi. Axir xalqimizning bir bolaga yetti mahalla ota-ona degan naqli bejizga aytilmagan.
Hokim B.Abduvaliyev, bu jinoyatni sodir etganlar darsdan tashqari xorij tillari, sport mashg‘ulotlari, to‘garaklarga jalb qilinib, vaqti mazmunli o‘tkazilganida bunday mudhish voqea sodir etilmasligini ta’kidladi. Suhbat mobaynida talaba yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish, ish bilan ta’minlash, sport, san’at va boshqa fan to‘garaklariga jalb qilish, bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Hududda yuzaga kelgan ushbu jinoyatga tuman mutasaddilarining faoliyati ham tanqid ostiga olindi. Kelgusida bu kabi hodisalarni oldini olishda nafaqat huquq-tartibot idoralari, balki har bir fuqaro o‘z hududidagi vaziyatga daxldorlik hissi bilan yashashi lozimligi muhokama yakunida alohida ta’kidlandi.
O'zbekcha
Русский
English