MAHALLADA OBODONLASHTIRISH HAMDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
Bugun erta tongdan Yunusobod tumani hokimligi apparat rahbari A.Samadov, 1-sektor hududidagi "Kulolqo‘rg‘on" MFY da obodonlashtirish va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlarini ko‘zdan kechirdi. U mahalla yettiligi hamda mutasaddi tashkilotlar bilan mahalla ko‘chalarda piyoda yurib, obodonlashtirish borasida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni ko‘rsatib, ularni bartaraf qilish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.
O‘rganish chog‘ida mas’ullarni o‘z ishiga qat’iy tartib va shaxsiy mas’uliyat bilan yondashishlarini talab qildi. Bundan tashqari kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash, tabiiy gaz hamda issiqlik ta’minotida amalga oshirilayotgan ishlarni jadallashtirish bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi. Hokim o‘rinbosari mahallada har bir ko‘cha, xonadon, ijtimoiy ob’yektlar, xizmat ko‘rsatish binolari, savdo nuqtalari, yerli xonadonlar atrofi, ariq va zovurlar, irrigatsiya tarmoqlarida obodonlashtirish ishlarini tashkil qilib, daraxt shoxlarini tartibga keltirish, noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish ishlarga bosh-qosh bo‘ldi.
O‘rganishlar davomida aniqlangan muammolarini bartaraf etish hamda mahallada obodonlashtirish ishlarini to‘g‘ri va tizimli tashkil etish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
O'zbekcha
Русский
English