Mahallada mehnat yarmarka o‘tkazildi
13.02.2025
/
170
Yunusobod tumanidagi Shoshtepa mahallasi binosida bo‘lib o‘tgan mehnat yarmarkasida 2-sektor hududidagi 14 mahalladan fuqarolar qatnashdi. Ushbu tadbir davomida ish izlovchilar o‘z mutaxassisligi va kasbiga qarab bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Bunday mehnat yarmarkalari har oyda bir marta 2-sektor hududidagi mahallalarda tashkil etiladi, bu esa ish izlayotgan fuqarolar uchun katta imkoniyat yaratmoqda. Kelgusi yarmarkalarda siz ham qatnashib, o‘zingizga mos ish topishingiz mumkin.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun mahalla fuqarolar yig‘ini yoki sektor vakillari bilan bog‘lanishingiz mumkin.
O'zbekcha
Русский
English