Mahallabay ishlash masalalari muhokama qilindi
Yunusobod tumani hokimi Abrorxo‘ja Saidaliyev mahallabay ishlash masalalari bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi. Unda mahalla faoliyatini yanada takomillashtirish, “mahalla yettiligi”ning funksional vazifalarini samarali bajarish hamda mahallabay ishlash masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda tuman hokimi o‘rinbosarlari, korxona va tashkilot rahbarlari hamda mahalla raislari ishtirok etdi. Muhokama jarayonida mahalladagi muammolarni aniqlash, aholi bilan doimiy va samarali aloqa o‘rnatish hamda har bir mahalla uchun aniq maqsad va vazifalarni belgilash masalalari muhokama qilindi.
Muloqotda mahalla faoliyati samaradorligini oshirish va mahallabay qo‘yilgan vazifalar ijrosini muntazam nazorat qilish muhimligi alohida ta’kidlandi. Uchrashuv yakunida mas’ullarga amaliy topshiriqlar berildi va har bir mahallada belgilangan vazifalarning samarali bajarilishi uchun tizimli ishlar olib borish vazifasi yuklatildi.
O'zbekcha
Русский
English