“MAHALLA YЕTTILIGI” FAOLIYATI O‘RGANILDI

10.10.2024 / 241

Yunusobod tumani hokimi B.Abduvaliyev, "Turkiston" mahallasida "Mahalla yettiligi" faoliyatini o‘rgandi. Muloqotda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish, “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi va kambag‘allikni qisqartirish, “Xavfsiz mahalla” tamoili asosida ishlarni tashkil qilish, obodonlashtirish masalalari muhokama qilindi.

Hokim, mahalladagi ishsiz, kasb-hunari yo‘q aholini mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan hunarlarga jalb qilishga to‘xtalib, mahalla yettiligi va mutasaddilarga tadbirkorlik va o‘zini-o‘zi band qilish, "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari"ga kiritilgan fuqarolarga kerakli bo‘lgan mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiyalarni olishga ko‘mak berish lozimligi bo‘yicha vazifalar berdi.

Shuningdek, suhbatda mahallada huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish, jinoyatchilikning oldini olish, mavjud zaxira va imkoniyatlardan kelib chiqib, lider tadbirkorlarni tanlab olish va ularga mahalladagi tadbirkorlik qilish va ishlash istagini bildirgan aholini biriktirish, mikro va kichik loyihalarga dasturlar doirasida kreditlar ajratish va yangi ish o‘rinlarini tashkil etish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Muloqot davomida mahallada kunlik obodonlashtirish ishlarini olib borish, ko‘chalar, ariq zovurlar, ijtimoiy ob’yektlar, xizmat ko‘rsatish va savdo nuqtalari atroflarini toza va obod saqlash, elektr, tabiiy gaz hamda issiqlik ta’minotini har doim o‘rganib borish, aholidan tushayotgan murojaatlarni bartaraf qilish bo‘yicha ko‘rsatmalarini berdi.

Suhbat mobaynida mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisi, tijorat bank mas’uli hamda mahalla raisi, xotin-qizlar faollari, aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish, kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ko‘rilayotgan aniq choralar bo‘yicha hisoboti eshitildi.

Hokim, mahallani namunali, ishsiz, kambag‘allikdan holi hududga aylantirish, fuqarolarni barqaror daromad keltiradigan kasb-hunarlarga jalb qilish yuzasidan mutasaddilarga vazifalar berib, ijrosini nazoratiga oldi.

Powered by GSpeech