Mahalla raisi o'z vazifasiga qayta saylandi

10.05.2025 / 174

  Yunusobod tumanning Xalqabog' MFYda tashkil etilgan navbatdagi saylov fuqarolarning yuqori faolligi va siyosiy onginig yana bir yorqin ifodasi bo'ldi. Saylovda o'z nomzodlarini ilgari surgan 3 nafar fuqaro dasturlari bilan chiqish qildi. Ular o'z rejalarini, mahallani ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirishga doir g'oya va takliflarini yig'ilganlarga taqdim etdilar. Har bir nomzod o'z dasturida mahallaning muammolarini hal qilish, yoshlar bilan ishlash, ta'lim va salomatlik sohasidagi islohotlar, va mahalladagi infratuzilmani yaxshilash bo'yicha aniq rejalarni ko'rsatdi.

  Ovoz berish jarayonlari oshkora, shaffof va xolis tarzda o'tkazildi. Saylovda ishtirok etgan fuqarolar nomzodlarning dasturlarini tinglab, ular orasidan eng munosib deb bilgan nomzodga ovoz berdilar. Tadbirda fuqolarning siyosiy ongi yuqori ekanligi, har bir nomzodga bo'lgan ishonch va ularning dasturlariga qaratilgan aniq savollar orqali namoyon bo'ldi. Bu saylov aholining o'z istiqbollari va kelajakdagi rivojlanishga bo'lgan qiziqishini yaqqol ko'rsatdi.

  Natijalar aniq langanda, 221 ovoz bilan Xalilillo Umarov 5 yil muddatga mahalla raisi etib yana saylandi. Uning uzluksiz xizmati va mahalla aholisi bilan doimiy muloqoti, islohotlarga bo'lgan aniq va amaliy yondashuvlari aholi tomonidan yuqori baholangan. Uning rahbarligida mahallada ko'plab ijobiy o'zgarishlar sodir bo'ldi. Yo'llar ta'mirlandi, sog'liqni saqlash maskanlari yaxshilandi, yangi ijtimoiy ob'ektlar qurildi va yoshlar uchun sport tadbirlari hamda madaniy faoliyatlar tashkil etildi.

  Xalilillo Umarovning nomzodi mahalla aholisi tomonidan katta e'tirofga sazovor bo'ldi. Uning siyosiy ko'zqarashi va amaliy harakatlari mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy rivoji uchun yangi yo'llarni ochdi. Uning rahbarligi ostida mahalla, nafaqat o'zining mahalliy hajmida, balki umumiy davlat rivoji yo'lida ham aniq natijalarga erishdi. Uning dasturi – bu xalq bilan yaqin aloqada bo'lish, ularning muammolarini tinglash va har bir fuqaroga aniq yordam berishdan iborat.

  Shu bilan birga, Xalilillo Umarovning nomzodi, mahallaning taraqqiyotiga qaratilgan aniq islohotlar va ijtimoiy muhitni yaxshilashga bo'lgan yuqori mas'uliyat bilan qo'llab-quvvatlandi. Uning saylovga qo'ygan dasturi, siyosiy yondashuvi va amaliy faoliyati hududdagi islohotlarni yana-da muvaffaqiyatli boshqarishga qaratilganligini ko'rsatadi.

Powered by GSpeech