Kuz–qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda
31.10.2025
/
9
Kuz–qish mavsumiga tayyorgarlik, tozalik va ozodalikka qaratilgan “Obodonlashtirish oyligi” doirasida Yunusobod tumani “Ahilobod” MFY hududida xavfsizlik va sanitariya talablarini ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Marina Murzametova tashabbusi bilan tuman RÉS, “Mahsustrans” DUK, obodonlashtirish bo‘limi, “Fenix Art Servis” BSK hamda mahalla aholisi ishtirokida o‘tkazilgan xashar davomida:
Issiqlik tizimlarining holati ko‘zdan kechirildi;
Hududdagi quruq barglar va chiqindilar yig‘ishtirildi;
Obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
Tozalik — sog‘lom muhit, xavfsizlik — osoyishtalikdir!
Yurtimiz ravnaqi yo‘lida birgalikda fidokorona mehnat qilishda davom etamiz!
O'zbekcha
Русский
English