KUZ-QISH MАVSUMINI BETАLOFАT O‘TKАZISH BO‘YICHА SАF YIG‘ILISH O‘TKАZILDI
Yunusobod tumani hokimi B.Аbduvaliev, Prezident adminstratsiyasi masʼul xodimi J.D.Muratov, Toshkent shahar prokurori birinchi o‘rinbosari А.O‘rmanov va Sektor rahbarlari ishtirokida kuz-qish mavumiga tayyorgarlik ko‘rish masalasida saf yig‘ilish o‘tkazildi. Unda tuman hokimi o‘rinbosarlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi, tuman Milliy gvardiya, korxona va tashkilotlar masʼullari, mahalla raislari, BSK rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni jadallashtirish, har bir ko‘p kvartirali uylarni qishga tayyorlash va fuqarolarning murojaatlari asosida mavjud kamchiliklarni qisqa muddatda bartaraf qilish, hududlarning sanitariya-tozalik holatini yanada yaxshilash borasida olib borilayotgan ishlar ko‘lamini yanada jadallashtirish yuzasidan mutasaddilarga ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, energotejamkor uskunalarni keng joriy qilish, elektr energiyasi va tabiiy gazni iqtisod qilish bo‘yicha alohida vazifa berildi.
Yig‘ilishda mavsumni betalofat o‘tkazishga qaratilgan rejali chora-tadbirlardan kelib chiqib, o‘tgan yili duch kelingan baʼzi muammolar bo‘yicha hozirdan nazoratni kuchaytirish, kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish bo‘yicha 7/24 ish tartibi joriy qilindi.
Bunda eskirgan elektr tarmoqlarini yangilash, aholi tomonidan gaz, suv taʼminotidagi kelib tushayotgan murojaatlarni o‘z vaqtida bartaraf etishga eʼtibor qaratilib, bu bo‘yicha ijtimoiy soha obʼektlari va ko‘p qavatli uylardagi holatlarni yaxshilashga ham asosiy eʼtiborni qaratish yuzasidan ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Kommunal tashkilot va boshqaruv servis kompaniyalari rahbarlariga mavsumni betalofat o‘tkazish, belgilangan rejalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi bo‘yicha shaxsan masʼul ekanliklari haqida qatʼiy ogohlantirilib, 28 ta maxsus texnikalar va 500 dan ortiq ishchi xodimlar, kuch vositalari mahallalar va ijtimoiy obʼektlarga chiqarildi.
Yig‘ilish yakunida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash va nazorat qilish sektor rahbarlari zimmasiga yuklatildi.
O'zbekcha
Русский
English