KUZ QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK QANDAY?
Yunusobod tumani Elektr tarmoqlari korxonasida jami iste’molchilar soni 99 852 ta istemolchilarning barchasiga zamonaviy ACKUE hisoblagichlariga ulangan.
Tuman elektr tarmoqlari hisobida 475 ta Transformator punktlari 250,2 km havo (0.4/610kVt) tarmoqlari, 786,8 km yer osti ( 0.4/610 kVt) elektr uzatish tarmoqlari mavjud.
Prezidentimizning 2023 yil 11-martdagi “Toshkent shahridagi iste’molchilarni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida 5 ta transformator punktlari rekonstruksiya qilingan. Ayni paytda 3 tasida ish jarayoni davom etmoqda. Bundan tashqari 21,7 km havo elektr tarmoqlari yangilandi.2024-2025 yil kuz qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlarida 82 ta Transformator punktlari hamda 107,3 km havo elektr tarmoqlari mukammal ta’mirlandi. 211 ta transformator punktlari, 113,8 km havo elektr tarmoqlari esa joriy ta’mirlandi.
O'zbekcha
Русский
English