KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK NAZORATDA
Yunusobod tumani hokimi B.A.Abduvaliyev tomonidan tumanda 2024-2025 yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, qishni betalofat o‘tkazish bo‘yicha tuman hokimi o‘rinbosarlari, sektor rahbarlari, kommunal xizmat ko‘rsatuvchi korxona va tashkilot rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha ob’yektlari va ko‘p kvartirali uy-joylarni kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash, elektr tarmoqlari,tabiiy gaz va issiqlik ta’minoti va qurilmalarini kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Hokim B.Abduvaliyev, tumanda aholiga uzluksiz elektr energiya yetkazib berish, podstansiyalarining ish tizimini kunlik texnik nazoratdan o‘tkazib borish, rekonstruksiya ishlarini yakunlash, aholi xonadonlari va ijtimoiy soha ob’yektlarida energotejamkorlikni ta’minlash yuzasidan ko‘rsatmalari berdi. Ayni paytda kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni jadallashtirishga to‘xtalib, fuqarolarning murojaatlari asosida mavjud kamchiliklarni qisqa muddatda bartaraf qilish, hududlarning sanitariya-tozalik holatini yaxshilash borasida olib borilayotgan ishlar ko‘lamini yanada jadallashtirish yuzasidan vazifalar berildi.
Yig‘ilishda belgilangan ishlarning sifatli bajarilishiga, bevosita ijrochilarning va tegishli korxona va tashkilot rahbarlari ma’sul ekanligiga e’tibor qaratildi. Shu bois kommunal tashkilot va boshqaruv servis kompaniyalari rahbarlariga mavsumni betalofat o‘tkazish, belgilangan rejalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi bo‘yicha shaxsan mas’ul ekanliklari haqida qat’iy ogohlantirildi.
Yig‘ilish yakunida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash va nazorat qilish sektor rahbarlari va hokim o‘rinbosarlari zimmasiga yuklatildi.
O'zbekcha
Русский
English