KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK KO‘RILMOQDA
Yunusobod tumani hokimi B. Abduvaliyev boshchiligida barcha sektor rahbarlari, korxona va tashkilot mutasaddilari 2024-2025 kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
Tumanda yil boshida issiqlik ta’minoti tizimlaridan foydalanish samaradorligini oshirish va ularni modernizatsiya qilishga qaratilgan tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan. Bu borada qozonxonalar faoliyatiga alohida e’tibor qaratilgan. Bunda qozonxonalardagi eski isitish qozonlarini resurs tejaydigan zamonaviy uskunalarga almashtirish ustuvor vazifa etib belgilangan.
Ayni paytda "Veolia energy" MCHJ tomonidan rejadagi 1 ta qozonxona mukammal ta’mirlandi. Bundan tashqari 37 ta qozonxonalar joriy ta’mirlangan.
Tumanda issiqlik quvurlari ham har yili bosqichma-bosqich ta’mirlanib, yaroqsizlari yangisiga almashtirilmoqda. Xususan, joriy yilda 7.5 km issiqlik quvuri yangisiga almashtirildi. Ushbu quvurlarda issiqlik me’yorini saqlash hamda xavfsizligini ta’minlash maqsadida 4,97 km issiqlik izolyasiyasini qayta tiklash ishlari amalga oshirildi.
O'zbekcha
Русский
English