Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rgazmasi o‘tkazildi

07.11.2025 / 8

Bugun Yunusobod tuman hokimi B. Abduvaliyev, Prezident administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi masʼul xodimlari kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlariga bag‘ishlangan maxsus ko‘rgazma bilan tanishdi. Tadbirda tumandagi “Feniks ART Servis” BSK va boshqa xizmat ko‘rsatish korxonalari tomonidan uy-joy fondi, issiqlik ta’minoti tizimlari, gaz va elektr tarmoqlarini mavsumiy ta’mirlash hamda profilaktika ishlari bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar taqdim etildi.

Ko‘rgazmada avariya holatlarining oldini olish, aholiga uzluksiz xizmat ko‘rsatish, issiqlik va energiya tizimlarini samarali ishlatish bo‘yicha zamonaviy texnik vositalar, maxsus xizmat mashinalari hamda yangi jihozlar namoyish etildi.

Tuman hokimi BSK rahbariga kuz-qish mavsumini yuqori saviyada o‘tkazish, mavjud infratuzilmani ishonchli holatda saqlash hamda aholiga qulay sharoit yaratish bo‘yicha aniq topshiriq va tavsiyalarini berdi.

Powered by GSpeech