Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rgazmasi

14.10.2025 / 52

Ayni paytda Yunusobod tumani hokimi B. Abduvaliyev kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tashkil etilgan maxsus ko‘rgazma bilan tanishmoqda. Ko‘rgazmada tumandagi BSKlar, “Hududiy elektr tarmoqlari” korxonasining Yunusobod filiali, “Hududgazta’minot” tuman bo‘limi, shuningdek, tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi va boshqa soha mutasaddilari o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida atroflicha ma’lumot bermoqdalar.

Tadbirda uy-joy fondi va issiqlik ta’minoti tizimlarini mavsumiy ta’mirlash, gaz va elektr tarmoqlaridagi profilaktik ishlar, avariya holatlarining oldini olish hamda aholiga uzluksiz xizmat ko‘rsatish choralari namoyish etildi. Shuningdek, tuman hokimi ko‘rgazmada taqdim etilgan yangi texnik vositalar, maxsus xizmat mashinalari va qurol-asboblar bilan ham yaqindan tanishib, mas’ul tashkilotlarga kuz-qish mavsumini barcha jihatdan yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berdi.

Powered by GSpeech