Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari atroflicha o‘rganildi
Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Erkin Omonov tomonidan Yunusobod tumanidagi “Xalqabog‘” mahallasida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati atroflicha o‘rganildi. Bu tadbir aholi turmushini yaxshilash, kommunal xizmatlar barqarorligini ta’minlash va mavsumdagi favqulodda holatlardan himoya qilish maqsadida amalga oshirildi.
Mahallada mavjud muammolarni aniqlash hamda ularning samarali yechimini topish maqsadida keng qamrovli tekshiruv va o‘rganish ishlari o‘tkazildi. Deputat tomonidan Boshqaruv servis kompaniyasi (BSK) rahbar va xodimlari bilan uchrashuv tashkil etilib, mavsumga tayyorgarlik masalalari, zarur chora-tadbirlar va hamkorlik imkoniyatlari yuzasidan batafsil suhbat bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuv davomida tegishli takliflar, tavsiyalar va harakatlar rejalari bildirildi.
Shuningdek, deputat mahalladagi ko‘p qavatli uylar, issiqlik, suv va elektr ta’minoti tizimlari bilan tanishdi. Mutaxassislar va mutasaddilardan tizimlarning uzluksiz va xavfsiz ishlashini ta’minlash bo‘yicha amaliy choralar haqida ma’lumot olindi. Ularning faoliyatini muntazam nazorat qilish, profilaktik tekshiruvlar va favqulodda holatlarga tayyorgarlik ko‘rish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Yig‘ilish va o‘rganish yakunlari bo‘yicha deputat tomonidan mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi, shuningdek, aholiga barqaror va sifatli kommunal xizmatlar ko‘rsatishni ta’minlash yuzasidan maslahatlar va tavsiyalar berildi. Bu tadbir mahalla aholisining xavfsizligi va farovonligini ta’minlashga qaratilgan tizimli ishlar doirasida amalga oshirildi.
O'zbekcha
Русский
English