KUZ-QISH MАVSUMIGА TАYYORGАRLIK ISHLАRINI KOʼZDАN KECHIRILDI
Аyni kunlarda Yunusobod tumani hokimi Boxadir Аbduvaliev boshchiligida hududda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari ketmoqda. Kommunal tarmoqlar qayta koʼrib chiqilib,ijtimoiy obeʼktlar, koʼp qavatli uylar mavsumga tayyorlanmoqda.
Hokim, amalga oshirilayotgan ishlarni kunlik joyiga chiqib, nazorat qilib bormoqda. Navbatdagi oʼrganishlarni "Barhayot" MFYda olib bordi. Mahallada 38 ta koʼp qavatli uylar mavjud. Ularda mavsumga tayyorgarlik ishlari qizgʼin kechmoqda.Hokim, uylarning kommunikatsiya tarmoqlari, yer toʼla va tom qismida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi.
Oʼrganish mobaynida tabiiy gaz, ichimlik suv,issiqlik taʼminoti uzluksizligi taʼminlash choralari boʼyicha qoʼshimcha vazifalar berildi.
Tuman hokimi B.Аbduvaliev, mutasaddilarga qishga tayyorgarlik ishlarini sifatli bajarib, energiya va issiqlik taʼminotini barqaror qilish, energiya tejamkorlik madaniyatini oshirish boʼyicha koʼrsatmalar berib, ijrosini nazoratiga oldi.
O'zbekcha
Русский
English