Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari qanday olib borilmoqda?
Yunusobod tumani hokimligida Prezident Adminstratsiyasi mas’ul xodimi Saidazim Murodov, Yunusobod tumani hokimi o‘rinbosari Doniyor Yusupovlar 2024-2025 yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, qishni betalofat o‘tkazish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazlid. Unda tumandagi kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlari rahbarlari, Boshqaruv servis kompaniyalari mutasaddilari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda tumanda kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinib, yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar aytildi. Muhokamalarda ko‘p kvartirali uylarni qishga tayyorlash va fuqarolarning murojaatlari asosida mavjud kamchiliklarni qisqa muddatda bartaraf qilish, energiya tejamkorligini ta’minlash, mahallalarda sanitariya-tozalik holatini yaxshilash borasida olib borilayotgan ishlar ko‘lamini yanada jadallashtirish yuzasidan ishlar taqsimot qilindi.
Yig‘ilishda tumandagi har bir mahalla, tibbiyot muassalari, ta’lim maskanlari kesimida kuz-qish mavsumiga tayyorligi, yong‘in xavfsizligini ta’minlash, kommunal xizmat sifatini oshirish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi. Shu bilan birgalikda kommunal tashkilot va boshqaruv servis kompaniyalari rahbarlariga mavsumni betalofat o‘tkazish, belgilangan ishlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Yig‘ilish yakunida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash va nazorat qilish tuman hokimi o‘rinbosarlari zimmasiga yuklatildi.
O'zbekcha
Русский
English