Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari muhokama qilindi
Yunusobod tumani hokimi Boxadir Abduvaliyev boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda tumanda kommunal sohada amalga oshirilayotgan ishlar, xalq nazorati tizimi orqali kelib tushayotgan murojaatlarni o‘z vaqtida hal etish, shuningdek, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Tadbir davomida ko‘p qavatli uylarning issiqlik tizimlarini sinovdan o‘tkazish, ichimlik suvi va elektr ta’minotini barqarorlashtirish, shuningdek, uylarning tom va yopma qismlarini ta’mirlash ishlari yakuniy bosqichga kirgani ta’kidlandi. Shu bilan birga, qish mavsumida yo‘l xavfsizligini ta’minlash maqsadida qum-tuz aralashmasini zarur hududlarga joylashtirish hamda ichki yo‘llarda muzlamaning oldini olish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqildi.
Hokim tomonidan har bir yo‘nalish bo‘yicha mas’ullar va aniq muddatlar belgilandi, ishlarni tezkor va samarali yakunlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, barcha topshiriqlar ijrosi qat’iy nazoratga olindi.
Yig‘ilish yakunida aholi uchun qulay yashash sharoitlarini yaratish, ijtimoiy infratuzilmani mustahkamlash va kommunal xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar ham belgilab olindi.
O'zbekcha
Русский
English