KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK AHVOLI MUNTAZAM RAVISHDA O‘RGANILMOQDA

14.10.2024 / 232

 Yunusobod tumani hokimi B.A.Abduvaliyev tomonidan tumanda 2024-2025 yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, qishni betalofat o‘tkazish bo‘yicha tuman hokimi o‘rinbosarlari, sektor rahbarlari, kommunal xizmat ko‘rsatuvchi korxona va tashkilot mutasaddilari, BSK rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha ob’yektlari va ko‘p kvartirali uy-joylarni kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash, elektr tarmoqlari, tabiiy gaz va issiqlik ta’minoti va qurilmalarini kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash, yong‘in xavfsizligini ta’minlash masalalari atroflicha muhokama qilindi. Hokim B.Abduvaliyev, BSK tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmat sifatini oshirish, qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, elektr, gaz, suv, issiqlik, chiqindi, «kvartplata», soliq to‘lovlarini undirish bo‘yicha mutasaddilarga alohida ko‘rsatma berdi. Bundan tashqari qish mavsumida avtomobil yo‘llari, ichki xo‘jalik yo‘llarini muzlamalardan tozalash bo‘yicha belgilangan qum, shag‘al zahirasini hozirlash, texnikalarga shay holatga keltirish bo‘yicha alohida vazifalar berildi.

Yig‘ilishda mahallalar, markaziy va shox ko‘chalar, xizmat ko‘rsatish va savdo nuqtalaridagi suv qochirish (latok) tarmoqlarini kunlik tozalash ishlarini tizimli yo‘lga qo‘yish, yomg‘ir suvlarini tuman hududidan o‘tgan kanallarga yo‘naltirish bo‘yicha mas’ullarga zarar topshiriqlar berilib, kommunal tashkilot va boshqaruv servis kompaniyalari rahbarlariga mavsumni betalofat o‘tkazish, belgilangan rejalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi bo‘yicha shaxsan mas’ul ekanliklari qat’iy ogohlantirildi.

Yig‘ilish yakunida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash va nazorat qilish har bir sektor rahbarlari zimmasiga yuklatildi.

Powered by GSpeech