KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: AHOLINI UZLUKSIZ ELEKTR ENERGIYASI BILAN TA’MINLASH CHORALARI KO‘RILMOQDA
So‘nggi yillarda aholining soni ortishi, yangi turar joy majmualari qurilishi, shuningdek, maishiy elektr jihozlaridan foydalanish hajmining ko‘payishi natijasida elektr energiyasiga bo‘lgan talab sezilarli darajada o‘sgan. Bu esa o‘z navbatida podstansiyalarga tushayotgan yuklama miqdorining oshishiga olib keldi. Shu bois Yunusobod tumanida elektr energiya barqarorligini ta’minlash maqsadida zarur choralar ko‘rilmoqda.
Yunusobod tumanida Prezidentimizning 2023 yil 11-martdagi “Toshkent shahridagi iste’molchilarni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida 18 ta transformator yangisiga almashtirilgan. 205 tasi joriy ta’mirlangan. 80 ta transformator punktlari mukammal ta’mirlangan bo‘lsa, rejadagi 115,5 km yuqori kuchlanishli yer osti elektr tarmoqlarida, 93 km bajarilgan. Bundan tashqari 22 km havo elektr tarmoqlari yangisiga almashtirildi.
O'zbekcha
Русский
English