KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: AHOLINI ICHIMLIK SUVI BILAN TA’MINLASH
Yunusobod tuman hokimligi tomonidan aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot beramiz. Tumanda 542,1 km uzunlikda ichimlik suvi quvurlari, 1 566 ta suv gidranti va 38 ta nasos uskunalari mavjud. 2025–2026 yillar uchun qabul qilingan ko‘z-qish mavsumi dasturi doirasida ichki suv ta’minoti infratuzilmasini takomillashtirishga qaratilgan qator ishlar amalga oshirildi. Xususan 1,9 km uzunlikdagi eski suv quvurlari xavfsiz va energiya tejamkor materiallar asosida yangi quvurlarga almashtirilgan. 5 ta suv gidranti yangisiga almashtirigan. 57 595 p.m. (pogon metr) oqava suv quvurlari profilaktikadan o‘tkazildi. Shuningdek, 0,5 km uzunlikdagi oqava suv quvurlarida kapital ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Ushbu chora-tadbirlar natijasida tumanda suv ta’minoti tizimining barqaror ishlashi ta’minlanib, suv yo‘qotish holatlari keskin kamaydi.
O'zbekcha
Русский
English