kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish masalalariga bag‘ishlangan saf yig‘ilishi va o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi

07.11.2025 / 9

Yunusobod tumani hokimi B.Abduvaliyev rahbarligida Prezident administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, kommunal soha hamda BSK mas’ul xodimlari ishtirokida kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish masalalariga bag‘ishlangan saf yig‘ilishi va o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda hokim kuz-qish mavsumida barqaror faoliyat yuritish uchun barcha mas’ul tashkilot va idoralar tomonidan misli ko‘rilmagan ishlar amalga oshirilganligi ta’kidlanib, yana bir marta hududlardagi binolarning texnik holatini qayta ko‘rib chiqish, issiqlik uzatish inshootlarini ta’mirlashni yakuniga yetkazish, energiya tejovchi zamonaviy uskunalarni joriy etish muhim ahamiyat kasb etishi ko‘rsatib o‘tildi. Shu bilan birga, kommunal tashkilot va boshqaruv tashkilotlari tomonidan yoqilg‘i hamda boshqa zarur ehtiyot qismlar zaxirasini yaratish bo‘yicha rejalar belgilab berildi.

Powered by GSpeech