KORXONA VA TASHKILOTLAR "YASHIL MAKON" DASTURIDA FAOL ISHTIROK ETMOQDA
Yunusobod tumanidagi barcha korxona va tashkilotlar, tadbirkorlik sube’ktlari o‘z hududlarida "Yashil makon" dasturi asosida Yashil shahar loyihasi asosida daraxt ekish tadbirlarida faol ishtirok etmoqda. Bugun tuman hududida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan “TSC-HK-INVESTMENT” MCHJ XK tomonidan barpo qilinayotgan ko‘p qavatli uylari atrofida 10 turdagi manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish ishlarida jonbozlik ko‘rsatdi.
Xitoy qo‘shma korxonasi tomonidan barpo qilinayotgan 679 o‘ringa mo‘ljallangan zamonaviy turar joy binolarining oldida manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi. Bu esa turar joyni xarid qilgan fuqarolarning dam olishi, sayir qilishi uchun qulay imkoniyat yaratadi.
2025 yilda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilayotgan ushbu ob’yekt loyihasida ham yashil hududlarni barpo qilishga alohida e’tibor qaratilgan. Shu asosda ko‘p qavatli uylar atrofi bog‘u bo‘stonga aylantirilmoqda.
O'zbekcha
Русский
English