Ko‘p qavatli uylarning kirish yo‘laklari kapital ta’mirdan chiqarildi

19.12.2025 / 25

Yunusobod tumani hokimligi tomonidan aholi yashash sharoitlarini yaxshilash, ko‘p qavatli uylarning texnik holatini yaxshilash hamda xavfsiz va qulay muhit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, ko‘p qavatli uylarning kirish yo‘laklarini ta’mirlash ishlari tuman hokimligi tomonidan doimiy ravishda nazoratga olingan.

Har kuni tuman hokimligi mutasaddilari BSK dan amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari yuzasidan ma’lumotlar olib borilmoqda. Ushbu jarayonda kirish yo‘laklarining sanitariya holati, yoritish tizimi, devor va pol qoplamalari, eshik-romlar hamda umumiy kommunikatsiya tarmoqlarining holati atroflicha o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar belgilanmoqda.

“METIN KOMMUNAL SERVIS” BSK tomonidan 4-mavzedagi 46-sonli ko‘p qavatli uyning kirish yo‘laklari kapital ta’mirdan chiqarildi.

Powered by GSpeech