KO‘P QAVATLI UYLARDA QISHGA HOZIRLIK KO‘RILMOQDA
Yunusobod tumanida yillar davomida ko‘p kvartirali uylarni soz holda saqlab turish va mukammal ta’mirlash uchun kerakli mablag‘lar ajratilmaganligi sababli, bugungi kunda ularning tom qismi, kommunikatsiya tarmoqlari ham ma’nan eskirgan. So‘ngi yilllarda kommunal sohada yig‘ilib qolgan muammolar dasturlarga kiritilib, bosqichma-bosqich hal etilmoqda.
Xususan Yunusobod tumanida har yili kommunal sohaga katta mablag‘, katta ishchi kuchi safarbar qilib kelinmoqda. Tuman hokimi B.Abduvaliyev boshchiligida dasturlar ijrosini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Birgina shu yilning o‘zida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 142 ta (Dastur 11 ta, dasturdan tashqari 131 ta) uyning yerto‘la qismidagi muhandislik kommunikatsiyalari joriy va mukammal ta’mirlangan bo‘lsa, 1476 p/m issiqlik tik quvurlari yangilandi. 6 760 ta kirish yo‘laklaridagi elektr taqsimlovchi shitlari joriy va mukammal ta’mirlandi. 17 ta nosoz holatga kelib qolgan lift yangilandi.
O'zbekcha
Русский
English