Ko‘p qavatli uylarda energiya tejamkorlik choralari ko‘rilmoqda

04.11.2025 / 7

Yunusobod tumani hokimi B. Abduvaliyev boshchiligida Vazirlar Mahkamasi mas’ullari hamkorligida tumandagi ko‘p qavatli uylarni qish mavsumiga tayyorlash ishlari tizimli ravishda amalga oshirilmoqda. Ayni paytda tumandagi 64 ta mahalla hududida muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, issiqlik tizimlari, yoritish vositalari hamda uy-joy fondi holati bo‘yicha kompleks tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Jumladan, ko‘p qavatli uylar kirish qismidagi eshiklarga maxsus prujinali yopqichlar o‘rnatish ishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu chora uy ichidagi issiqlikni barqaror saqlash, energiya tejamkorligini ta’minlash hamda aholining yashash sharoitini yaxshilashga xizmat qiladi. Shuningdek, BSK tomonidan kirish yo‘laklaridagi elektr shitlari to‘liq texnik ko‘rikdan o‘tkazildi, eski va samarasiz yoritish tizimlari yangilandi. Ularning o‘rniga LED lampalar o‘rnatildi.

Powered by GSpeech