KO‘P QAVATLI UYLAR MAVSUMGA TAYYORLANMOQDA

08.10.2024 / 247

  Yunusobod tumanida har yili yog‘in-sochinli kunlar yaqinlashmasdan yoz faslidayoq kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik boshlanadi. Ilgari tumanda kommunal xizmat sohasidagi muammolar aholi, ayniqsa, ko‘p qavatli uylarda yashovchilarning e’tirozlariga sabab bo‘lardi. Endilikda tizimdagi islohotlar tufayli bunday tashvishlarga chek qo‘yilmoqda. Bugun tumanda ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi aholiga havasingiz keladi.
Shu o‘rinda savol tug‘iladi: bu yil kuz-qish mavsumiga qanday hozirlik ko‘rildi?
  Ayni kunlarda Yunusobod tumani hokimli B.Abduvaliyev boshchiligida bor kuch va imkoniyatini kuz faslining iliq kunlaridan foydalanib, ko‘p kvartirali uylarning tom qismlari, kommunikatsiya tarmoqlari, uylarga kirish yo‘laklari hamda yer to‘la qismlarini ta’mirlash choralariga qaratmoqda. Tumandagi aksariyat ko‘p qavatli uylarning yerto‘lasidagi kommunakatsiya tarmoqlari eskirib, muddatini o‘tab bo‘lgan. Shu boisdan, har yili maxsus dasturlar asosida quvurlarni ta’mirlash ishlari olib boriladi.
Joriy yilning o‘tgan davrida 157 ta uyning 64 120m2 (Dastur 17 ta uy 3 040m2, dasturdan tashqari 140 ta uy 61 080 m2) tom qismi joriy ta’mirlandi. Bundan tashqari 141ta (Dastur 17 ta, dasturdan tashqari 124 ta) uylarning kirish yo‘laklari ta’mirlanganligi aholini mamnun qildi. Nurmakon MFY mahallasida ko‘p qavatli uylarning fasad qismlari, yerto‘lalari hamda kirish yo‘laklari ta’mirlangan. Qish mavsumida issiqlik ta’minotini yaxshilash maqsadida 44 ta uylarning kirish yo‘laklarida fromuga oynalari o‘rnatilgan. Keyingi manzilimiz Uchqahramon mahallasi. Ushbu mahalladagi 18 ta ko‘p qavatli uylarning tom qismlari eng og‘ir holatda bo‘lgan. Ayniqsa, yog‘ingarchilik mavsumida xonadonlarga chakki o‘tib,aholiga noqulayliklar tug‘dirgan.
  Ushbu muammolarni bartaraf qilish maqsadida tuman hokimligi tomonidan maxsus dasturlar qabul qilinib, ijrosi ta’minlanmoqda. Xususan, "Iskra kommunal" BSK tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 18 ta ko‘p qavatli uylarning kirish yo‘laklari, 1800 kv2 tomi va 8 uyning yer to‘lalalarida ta’mirlash ishlari yakuniga yetgan.

Powered by GSpeech