Konstitutsiyam-Oliy qomusim
Yunusobod tumanidagi ta’lim maskanlarida Konstitutsiyaning 32 yilligi munosabati bilan "Konstitutsiyam-oliy qomusim" mavzusida bayram tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda. Xususan 88-sonli umumta’lim maktabida "Konstitutsiyam-Oliy qomusim" mavzusida ana shunday tadbir tashkil qilindi. Unda Yunusobod tumani Maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limi bosh mutaxassisi D.Mo‘minova, Ta’lim fan xodimlari kasaba uyushmasi kengashi raisi Sh.Sharipova, Yunusobod tumani Nuroniylar kengashi raisi I.Ashrabova "Obod" MFY faollari, ota-onalar hamda o‘quvchilar ishtirok etdi.
Tadbir davomida ta’lim muassasalarida samarali faoliyatini yuritayotgan bir guruh pedagoglar, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamda ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi kengashi tomonidan taqdirlandi.
Tadbirda o‘quvchi yoshlar va bolajonlar tamonidan konstitutsiyamizga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishlari va kuy -qo‘shiqlari bilan ishtirok etdi.
O'zbekcha
Русский
English