Konstitutsiya – xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!

07.12.2024 / 162

8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan Yunusobod tumanidagi Sayilgoh maydonida "Konstitutsiya baxtimiz qomusi" shiori ostida tadbir tashkil qilindi. Unda manfaatdor tashkilotlar va idoralarning sohaviy ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Tadbirda Toshkent shahar deputati Axror Xoshimxonov so‘zga chiqib, yangi tahrirdagi Konstitutsiya  ham xalqimiz tabiatiga mos barcha ma’naviy-madaniy qadriyatlarni, xalqimiz donishmandligini, axloqiy fazilatlarini o‘zida mujassam etganligini e’tirof etdi.

Muloqotlarda Asosiy qonunimiz yillar davomida xalqimizning dilidan joy olganligi, inson va fuqarolarning huquq va erkinliklarini hamda majburiyatlarini o‘zida mujassam etgan dasturul amal sifatida namoyon bo‘lganligi aytib o‘tildi.

Powered by GSpeech