Konstitutsiya - erkin va farovon hayot garovi!

09.12.2024 / 199

Yunusobod tumani 53-sonli maktabda "Konstitutsiya baxtimiz qomusi" mavzusi hamda "Uch avlod uchrashuvi" tadbiri bo‘lib o‘tdi.Tadbirda,
Respublika faxriylar uyushmasi a’zosi, harbiy prokurotura  faxriysi, adliya kapitani A.Mahmudov, DXX chegara qo‘shinlari faxriysi potpolkovnik A.Bo‘riyev,
"Husniobod" MFY "Keksalar maslahat guruhi" raisi A.Isoxo‘jayev hamda "Husniobod" va "Anorzor" MFY yoshlar yetakchilar va mahalla "Keksalar maslahat guruhi" raisi A.Valixanov ishtirok etdi.

So‘zga chiqqanlar tomonidan ta’kidlanganidek, tub mohiyatiga ko‘ra o‘zida ilg‘or milliy va umuminsoniy g‘oyalarni mujassam etgan, butun xalq va barcha qatlamlarning manfaatlarini ifodalovchi Konstitutsiya, Vatanimiz taraqqiyotida yangi davrni boshlab berdi.

Tadbir Bosh qomusimiz tarannumiga bag‘ishlangan she’rlar Vatan, do‘stlik, birdamlikni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlarga ulanib ketdi.

Powered by GSpeech