KOMMUNAL XIZMAT KO‘RSATISH SIFATINI OSHIRISH MASALASI MUHOKAMA QILINDI
Yunusobod tumani hokimi B.Abduvaliyev kommunal xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish masalasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Unda tumandagi sektor rahbarlari, tuman hokimi o‘rinbosari, korxona va tashkilotlar rahbarlari, BSK rahbarlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda kommunal xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish masalasi tanqidiy muhokama qilindi. Hokim B.Abduvaliyev, ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatayotgan kommunal soha ish sifatini oshirish, debitor qarzdorlikni undirish, aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish bo‘yicha mutasaddilarga alohida ko‘rsatma berdi.
Yig‘ilishda mahallalar, markaziy va shox ko‘chalar, xizmat ko‘rsatish va savdo nuqtalaridagi suv qochirish (latok) tarmoqlarini kunlik tozalash ishlarini tizimli yo‘lga qo‘yish, kommunal tashkilot va boshqaruv servis kompaniyalari rahbarlariga mavsumni betalofat o‘tkazish, belgilangan rejalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi bo‘yicha shaxsan mas’ul ekanliklari qat’iy ogohlantirildi.
Yig‘ilishda tumanda 4 ta Podstansiyada amalga oshirilayotgan qurilish-montaj va ta’mirlash ishlari bo‘yicha mutasaddilarning hisoboti tinglandi. Hokim ushbu podstansiyalarda modernizatsiya ishlarini belgilangan muddatda tugatish, aholiga uzluksiz elektr energiyasi yetkazib berish yuzasidan topshiriqlarini berdi.
Yig‘ilish yakunida qish mavsumini betalafot o‘tkazish bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash va nazorat qilish har bir sektor rahbarlari zimmasiga yuklatildi.
O'zbekcha
Русский
English