Kichik xalqa yo‘lini obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash ishlari o‘rganildi

24.12.2025 / 20

Yunusobod tumani hokimi Abrorxo‘ja Saidaliyev hududda infratuzilmani yanada rivojlantirish, markaziy ko‘chalar qiyofasini yaxshilash hamda obodonlashtirish ishlarining borishi bilan tanishdi.

Ayni paytda hokim boshchiligida "Firdavsiy" MFY hududidan o‘tuvchi Kichik xalqa yo‘lining holati atroflicha o‘rganilmoqda. Ko‘chada transport harakati xavfsizligini ta’minlash, piyodalar uchun qulay sharoit yaratish, sanitariya holatini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish jarayonida ko‘cha bo‘yida joylashgan ovqatlanish, savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, avto bekatlar betartib holatda ekani aniqlandi. Mas’ul tashkilotlarga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalarini yagona me’yorlar asosida tartibga solish, jamoat transporti bekatlarini zamonaviy talablar asosida qayta tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Powered by GSpeech