KICHIK SANOAT ZONA: TADBIRKORLIK FAOLIYATI RIVOJLANMOQDA
Yunusobod tumanidagi kichik sanoat zonasida AZN brendi ostida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib sovutish vitrinalari, “gorkalar” ishlab chiqarishini o‘zlashtirdi, savdo sovutish uskunalarini ishlab chiqarishga zamonaviy texnologiyalarni joriy etdi.
Korxonada har qanday savdo maydonlari – supermarketlar, “uy yonida” formatidagi minimarketlar, bozorlarni jihozlash uchun savdo va sovutish uskunalarining to‘liq spektrini ishlab chiqariladi. Shuningdek,bu yerdagi uskunalar oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, mehmon kutish, sog‘liqni saqlash va farmasevtika sohalarida ham qo‘llaniladi.
Ishlab chiqariladigan mahsulot assortimenti — turli nomdagi yuzdan ortiq uskunalar: sovutish vitrinalari, “gorkalar”, shkaflar, muzlatish bonetlari, rastalar va kassa bokslari, kichik gabaritli formatdagi sovutish va muzlatish kameralari, savdo va omborlar uchun stellaj uskunalari va boshqa ko‘plab mahsulotlar.
AZN kompaniyasining ishlab chiqarish quvvatlari AMADA, KEIFEL, CANON, ERMAK, NORTOOL, TESTO kabi ishlab chiqaruvchilarning uskunalaridan iborat.
Korxona ishlab chiqarishda Embraco, Eliwell, Danfoss, Lada List, Lipetsk metallurgiya kombinati, Magnitogorsk metallurgiya kombinati, Arcelor mittal, Karyer, Dow Izolan, EBM Papst, Angren quvur zavodi, Toshkent quvur zavodi, Alutex, AKFA, Uzkabel, «Andijon-kabel» zavodi, Winplast Systems, Tehnoinvest, Diamond Optimal, Glass Silver kabi yetakchi xalqaro va mahalliy brendlarning butlovchi qismlaridan foydalanadi.
O'zbekcha
Русский
English