Kichik halqa yo‘li va Anhor bo‘yida aholi harakatlanishi uchun qulaylik yaratish ishlari o‘rganildi
27.12.2025
/
11
Yunusobod tumani hokimi Abrorxo‘ja Saidaliyev hamda tuman prokurori Yahyo Abdurahmonov Kichik halqa yo‘li va Anhor bo‘yi hududlarida aholi harakatlanishi uchun qulaylik yaratish hamda obodonlashtirish ishlarining holatini ko‘zdan kechirdilar.
O‘rganish jarayonida mazkur hududlarni aholi uchun yanada qulay va xavfsiz dam olish maskaniga aylantirish, jumladan, zamonaviy talablarga javob beradigan piyodalar yo‘laklarini tashkil etish, yashil hududlarni kengaytirish, obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, aholi fikr-mulohazalarini inobatga olgan holda hududni kompleks tarzda rivojlantirish bo‘yicha tegishli mutasaddilarga aniq vazifa va topshiriqlar berildi.
O'zbekcha
Русский
English