“Kelajak uchun ingliz tili” loyihasi Toshkent shahri tajribasi sifatida joriy etildi
Yunusobod tumanida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida MOCK test sinovlari o‘quvchilarning ingliz tili bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakasini aniqlash, shuningdek, ularni xalqaro standartlarga mos ravishda baholash maqsadida o‘tkazilmoqda.
МOCK test jarayonlarida bitiruvchi sinf o‘quvchilari o‘z bilim va salohiyatlarini amalda sinab ko‘rish, imtihon muhitiga moslashish hamda keyingi tayyorgarlik bosqichlari uchun zarur xulosalar chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.Loyiha doirasida joriy etilayotgan yangi talablarga muvofiq, endilikda maktab bitiruvchilari ingliz tilini kamida B1 darajada egallagan holda attestat olishlari belgilanmoqda.
Mazkur “Kelajak uchun ingliz tili” loyihasi Toshkent shahri tajribasi sifatida joriy etilib, o‘quvchilarning xorijiy tillarni puxta o‘zlashtirishiga xizmat qiladi.
O'zbekcha
Русский
English